Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Islom Ahmedov: «O‘yindan-o‘yinga kuchaytirib boramiz»

Islom Ahmedov: «O‘yindan-o‘yinga kuchaytirib boramiz»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar vaqtinchalik bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

— Bugun bir ochkoni qo‘lga kiritdik. Ochig‘i, o‘yinni oson kechmasligini bilardik. Chunki bizga ham, Qo‘qonga ham ochko juda zarur edi. Bu yerga uch ochko uchun kelgandik. Qayerdadir omad yetishmadi. Yigitlarda vaziyatlarni oxirida samarali yakunlashda biroz aniqlik yetishmadi. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular borini berishdi va imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilishdi.

— Ilk rasmiy uchrashuvingizni o‘tkazdingiz. Asosiy tarkibda esa oldin o‘ynamayotgan o‘yinchilarga guvoh bo‘ldik. Bu nima bilan bog‘liq bo‘ldi? Yoki ular avval tayyor bo‘lishmaganmidi yoki oldingi murabbiy ularga imkoniyat bermaganmidi?

— Yo‘q, unday demagan bo‘lardim. Avvalambor, bizdan oldin ishlab ketgan Samvel Vyacheslavovichga va uning shtabiga rahmat aytamiz. Qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi, qayerdadir omad yetishmadi. Shuning uchun biz ba’zi bir o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Baribir bir xil tarkibdan keyin mag‘lubiyatlar bo‘lavergach, ularda o‘zlariga ishonch kamayib qolayotgandi. O‘ynamayotgan o‘yinchilarimizda esa ishtiyoq ko‘rgan holda rotasiyalarga qo‘l urdik.

— Uchrashuvda qayd etilgan durang o‘yin kartinasga qanchalik mos tushdi, deb hisoblaysiz?

— Ochig‘i, biz futbolchilardan to‘pni yaxshi nazorat qila olishlaridan kelib chiqib, o‘yinda dominantlik qilish g‘oyasini kirityapmiz. Buning uchun bizda uchrashuvgacha ozgina vaqt bo‘ldi. To‘p bilan birinchi zonadan qanday chiqib ketishimiz va ikkinchi zonada qanday rivojlantirishimiz hamda uchinchi zonada qanday yakunlash bo‘yicha bittadan mashg‘ulotimiz bo‘ldi, xolos. Shuning uchun mashg‘ulotimiz oz bo‘lganiga qaramasdan yigitlar ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. O‘yindan-o‘yinga kuchaytirib boramiz. Shu sababli mashg‘ulotimizdan kelib chiqib, durangni yaxshi natija deb hisoblayman.

— O‘tgan yilgi tarkibdan bir qator yigitlar o‘rinbosarlar safida o‘ynashyapti. Ular formada bo‘lsa yana qaytishadimi?

— Albatta. Kuzatib boryapmiz, e’tibor bergan bo‘lsangizlar, bugun 2006 yilda tug‘ilgan va o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynayotgan Bekzod Sulaymonovni zaxiradan maydonga tushirishni boshladik. O‘rinbosarlar safida o‘zini ko‘rsatayotgani bois asosiy tarkibga jalb qilganmiz. Xudo xohlasa, U21 jamoamizga ham e’tibor qaratib, u yerdan ham iqtidorli bolalarni jalb qilib boramiz.

— Kelajagingiz haqida. Siz hozircha vaqtinchalik bosh murabbiysiz. “Andijon” keyingi uchta uchrashuvda yaxshi natija ko‘rsatsa, rahbariyat sizni olib qoladimi? Shuningdek, bu klubda katta nomlar bor. Ular bilan ishlash sizga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?

— Birinchi savolga keladigan bo‘lsak, bu ko‘proq rahbarlarimizga bog‘liq bo‘ladi. Biz yaxshi natija ko‘rsatishga maksimal harakat qilyapmiz. Baribir uchta o‘yindan keyin qarorni rahbariyat qabul qiladi. Mashhur futbolchilarga keladigan bo‘lsak, ular nima uchun bu darajaga chiqib o‘ynashyapti? Ularga taniqli murabbiymi yoki boshqasimi farqi yo‘q. Ular professional. Mehnatsevarligi, tartib-intizomi bilan shu darajaga chiqishdi. Shu sababli ular bilan ishlash yanada osonroq. Nimani xohlayotgan bo‘lsak, qabul qilishyapti. Ularga ham hozirgi futbol yoqqanga o‘xshayapti.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 04:57, 20.04.2026.
O'qildi: 226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик