Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Andrey Shipilov: “Natija haqqoniy bo‘ldi”

Andrey Shipilov: “Natija haqqoniy bo‘ldi”

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Shipilov qatnashdi.

— Juda qiyin bo‘ldi. 8 ta tur uchrashuvlarini hisobga olsak, eng qiyinlaridan biri bo‘ldi. Albatta, uchrashuvga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rgandik. Yechinish xonasida hech qaysi futbolchiga alohida e’tirozim yo‘qligini ta’kidlab o‘tdim. Uchrashuv davomida yaxshi harakat qildik va futbolchilarim g‘alaba uchun kurashishdi. Bizga biroz omad ham yetishmadi. Ma’lumki, “Andijon” ham bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelgandi. Ular ham g‘alaba uchun kurashishdi. Jamoa qora yo‘lakchada edi. Yangi murabbiy keldi va jamoada asta-sekin hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Jizzax va Andijon bilan uchrashuvlarda shunday vaziyatga tushdik. Bu o‘yingacha uzoq safarni bosib kelgandik. Raqibimiz bizdan ko‘ra ikki kun ko‘proq dam oldi. Biz endi Navoiyga ketamiz. Bir kun bo‘lsa ham dam olishga ko‘proq vaqtimiz bo‘lganida edi, ko‘p narsani rejalashtirgan bo‘lardik. Bu vaqt davomida bizda kasalliklar bo‘lmadi. Farhod Sohibjonovni maydonga tushirmadik. Ammo o‘zim uni o‘ynatishni juda xohlagandim. “Andijon”ning o‘yinchilar almashtirishlaridan kelib chiqib, biz ham bu vaziyatdan keyin o‘zgarishlar qildik. Natija haqqoniy bo‘ldi. “Andijon” ham yomon harakat qilmadi. Hujumlar uyushtirdi, bizni xato qilishimizni kutdi. Jarima zarbalari, burchak to‘plaridan keskin hujumlar qilishga harakat qilishdi. Ularni ham to‘g‘ri tushunaman va hech kimni alohida muhokama qilmayman. Yaxshiyamki, bu uchrashuvda ortiqcha holatlar bo‘lmadi, VARga murojaat qilinmadi. Bizga nimadir yetishmadi. Lekin futbolchilar motivasiya bilan to‘p surishdi. Ular vaziyatni to‘g‘ri tushunib turishgandi.

— O‘yinni ikkita nominal hujumchi bilan boshlash imkoni yo‘qmidi?

— Nimeli “Xorazm” bilan uchrashuvda yaxshi harakat qildi. Jamoamizning ichki holatini OAV orqali gapira olmayman. Bugun Toma Tabatadzega ham imkoniyat berdik. Rotasiyalar qilib, Javohirni maydonga tushirishga qaror qildik. Bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdik va bundan maqsad hujumkorlikni oshirish edi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 04:59, 20.04.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик