Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Nimadir noto‘g‘ri ishlamoqda»: Figu «Real»ning sovrinsiz qolganini tanqid qildi

«Nimadir noto‘g‘ri ishlamoqda»: Figu «Real»ning sovrinsiz qolganini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yulduzi Luish Figu jamoa joriy mavsumni allaqachon boy berib bo‘ldi deb hisoblaydi. «Qaymoqranglilar» Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi, Ispaniya Kubogining 1/8 finalida esa kutilmaganda «Albasete»ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etishdi.

La Liga chempionligi uchun kurashish ham ancha mushkul vazifa bo‘lib turibdi, chunki mavsum yakunlanishiga yetti tur qolganda «Barselona» bilan oradagi farq to‘qqiz ochkoni tashkil qilmoqda.

"Tan olish kerak, bu "Real" uchun muvaffaqiyatsiz mavsum. Bunday klubda agar jamoa g‘alaba qozonmasa, har qanday mavsum omadsiz hisoblanadi. Sovrinlarning yo‘qligi — "Real"da nimadir ishlamayotganidan dalolat", — deya Figuning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.

Seshanba kuni Alvaro Arbeloa shogirdlari chempionat doirasida «Alaves»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 09:06, 20.04.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик