Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Runi: «Arsenal» muxlislari yaxshiroq bo‘lishlari kerak»

Runi: «Arsenal» muxlislari yaxshiroq bo‘lishlari kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Arsenal» muxlislari o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashda faolroq bo‘lishlari lozim deb hisoblaydi.

19 aprel kuni Mikel Arteta shogirdlari APL doirasida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

«Menimcha, «Arsenal» muxlislari yaxshiroq bo‘lishlari kerak. «Bornmut»ga qarshi o‘yinda ular o‘z jamoasini hushtaklar bilan kutib olganini ko‘rdim. «Arsenal» butun mavsumni ajoyib o‘tkazdi, hozir esa ularda biroz pasayish kuzatilyapti.

Muxlislar ularning daldasi futbolchilar uchun naqadar muhimligini va bu qanchalik yordam berishi mumkinligini tushunishlari kerak. Futbolchilar hozirgi darajaga chiqish uchun mashg‘ulotlarda kun sayin qattiq mehnat qilishmoqda, shuning uchun yutqazganingda seni hushtakbozlik bilan kutib olishsa, bu o‘yinchilarga salbiy ta’sir qiladi.

«Arsenal» APLda g‘olib chiqishi uchun muxlislar ham o‘z rollarini o‘ynashlari shart. Albatta, jamoa chempion bo‘lishni juda xohlaydi va bunga intilyapti.

So‘nggi bir necha yil ichida «Manchester Yunayted» Erik ten Xag va Ruben Amorim bilan qiyin davrlarni boshdan kechirdi, ammo muxlislar doimo murabbiylar tomonida bo‘lib, stadionda ularni qo‘llashdi. Ular doim qo‘shiq aytib, jamoani qo‘llab-quvvatlashdi va juda kam hollarda hushtak chalishdi.

«Arsenal» butun mavsum davomida peshqadamlik qildi, Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi, lekin «Bornmut»ga yutqazgani uchun (1:2) ularga hushtak chalishdimi?

Muxlislar futbolchilarga yaxshiroq munosabatda bo‘lishlari va ularni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashlari kerak, chunki bunday holatlar o‘yinchilarning qalbini 100 foiz jarohatlaydi», – dedi Ueyn Runi.

Kiritildi: 14:56, 20.04.2026.
O'qildi: 279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик