Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Bartomeu: «Barcha klublar hakamlar haqida hisobot tayyorlaydi»

Bartomeu: «Barcha klublar hakamlar haqida hisobot tayyorlaydi»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining sobiq prezidenti Jozep Bartomeu Madridning «Real» klubi ham hakamlik tahlili uchun mutaxassislarni ishga yollagani haqida gapirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘lovlar amalga oshirilgani yuzasidan pora berish ayblovi qo‘yilgan edi.

«Nafaqat Ispaniyada, balki barcha futbol klublari hakamlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlashadi. «Barselona»da bu ancha oldin yo‘lga qo‘yilgan. Men Rosel bilan klubga kelganimda, Xavyer Enrikes allaqachon hisobotlar tuzardi va biz buni o‘rinli deb hisobladik, chunki bu sport bo‘limining qarori va klubning doimiy amaliyoti edi.

Masalan, «Real Madrid»ni olsak, ular sobiq hakamni ishga yollashgan. Uning rafiqasi ayollar futbolidagi hakamlikni nazorat qiladi va hakamlar ishini baholash bo‘yicha ekspert hisoblanadi. Xo‘sh, agar ular professional tarzda harakat qilishsa va ular o‘rtasida nikohdan tashqari boshqa «aloqalar» bo‘lmasa, buni normal holat deb o‘ylayman», — dedi Bartomeu.

Kiritildi: 20:21, 20.04.2026.
O'qildi: 1233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик