Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» sovrindor murabbiy qidirmoqda

«Real» sovrindor murabbiy qidirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiylik postiga navbatdagi istiqbolli mutaxassisni taklif qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Carrusel Deportivo xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» o‘tgan qishda jamoani qabul qilib olgan Alvaro Arbeloa o‘rniga tajribali va sovrindor murabbiyni tayinlamoqchi. Eslatib o‘tamiz, mavsumning birinchi qismida «Real»ni Xabi Alonso boshqargan edi.

31 turdan so‘ng «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 70 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan orqada qolish 9 ochkoni tashkil qilmoqda. Avvalroq «qirollik klubi» Myunxenning «Bavariya»siga ikki bor mag‘lub bo‘lib, Chempionlar Ligasini tark etgan edi.

Kiritildi: 14:43, 21.04.2026.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик