«Barselona» klubi himoyachisi Jyul Kunde kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchiga Yevropaning bir qator grand klublari tomonidan qiziqish kuchaymoqda.
Garchi Kundening kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, klubning moliyaviy holati rahbariyatni munosib takliflarni ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, ayni damda «Manchester Siti», «Liverpul» va «Chelsi» futbolchining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Kunde joriy mavsumda Xansi Flik qo‘l ostida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer qiymati taxminan 65 million yevroga baholanmoqda, biroq «Barselona» uni kamida 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi taxmin qilinmoqda.













