Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Nima uchun «Chelsi» chempionlik uchun kurasha olmayapti? Chex tahlil qilib berdi

Nima uchun «Chelsi» chempionlik uchun kurasha olmayapti? Chex tahlil qilib berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq darvozaboni Pyotr Chex London klubining joriy mavsumdagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, bugungi kunda jamoaga nazar tashlasangiz, mavsum davomidagi barqarorlikning yo‘qligi, murabbiylar almashinuvi va tarkibdagi ko‘plab o‘zgarishlarni ko‘rasiz. Bu shuni anglatadiki, jamoada hali shakllangan asosiy o‘zak va barqarorlik mavjud emas. Buning uchun esa vaqt kerak.

Hozirgi «Chelsi»ni «Manchester Siti», «Arsenal» yoki boshqa jamoalar bilan raqobatlasha oladigan darajada barqaror deb hisoblamayman. Jamoada nimadir yetishmayapti — ehtimol, tajriba yoki katta o‘yinlarda qatnashib, sovrinlar yutgan futbolchilar kamlik qilayotgandir. Ayni damda klubda iqtidorlar ko‘p, ammo tajriba yetishmasligi ochkolar yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda», — dedi Chex Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.

Hozirda «Chelsi» APL turnir jadvalida 33 turdan so‘ng 48 ochko jamg‘argan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:51, 21.04.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик