Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Niko Gonsales APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi

Niko Gonsales APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales Premyer-liga chempionligi uchun kechayotgan qizg‘in kurash borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Agar bugun «shaharliklar» safarda «Byornli» ustidan g‘alaba qozonsa, ochkolar borasida peshqadam «Arsenal»ga yetib oladi. Gonsalesning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ayni damda faqat navbatdagi o‘yinga e’tibor qaratgan.

«Agar mavsum avvalida kimdir bizga chempionat tugashiga 5 tur qolganda chempionlik uchun kurashamiz desa, biz bunga jon-deb rozi bo‘lardik. Maqsadga juda yaqinmiz, ammo hozir bor e’tiborni «Byornli»ga qaratish lozim. Qadamma-qadam ilgarilab borishimiz shart.

Qilayotgan ishlarimizdan mamnunmiz. Menimcha, chempionlik uchun imkoniyatlar ayni damda 50-ga 50. Bizni ajoyib poyga kutmoqda, intriga oxirigacha saqlanib qoladi. Men jamoamizga ishonaman», — deya Nikoning so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» o‘tgan turda bevosita raqobatchisi «Arsenal»ni mag‘lub etgan (2:1) edi. «Byornli»ga qarshi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Kiritildi: 09:02, 22.04.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик