Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Pogba Fernandeshning «Manchester Siti»ga o‘tishi uni dunyoning eng yaxshi uchligiga olib chiqishini aytdi

Pogba Fernandeshning «Manchester Siti»ga o‘tishi uni dunyoning eng yaxshi uchligiga olib chiqishini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba jamoa sardori Brunu Fernandeshning o‘yini borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda hayratlanarli natija ko‘rsatmoqda va Premyer-liganing bir mavsumdagi golli uzatmalar rekordini yangilashi kutilmoqda.

Pogba Rio Ferdinandning podkastida ishtirok etar ekan, Fernandeshning salohiyatiga yuqori baho berdi.

«Brununi «Manchester Siti»ga yuboring — shunda u «Oltin to‘p» uchun kurashadigan kuchli uchlikdan joy oladi», — dedi fransiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Pol Pogba 2022 yilda «qizil iblislar» safini tark etgan va ayni damda «Monako» a’zosi hisoblanadi. Brunu Fernandesh esa 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi «MYU» libosida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 19 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Bundan tashqari, avvalroq futbolchiga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 11:31, 22.04.2026.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик