Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Niko Gonsales: «O‘zimizni asosiy favorit deb hisoblayman»

Niko Gonsales: «O‘zimizni asosiy favorit deb hisoblayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi chempionlik poygasi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda City Report nashri xabar bermoqda.

Gonsalesning so‘zlariga ko‘ra, u jamoadoshlarining kuchiga to‘liq ishonadi va «shaharliklar»ni musobaqaning asosiy da’vogari deb biladi.

«Men uchun biz — favoritmiz. Chunki sheriklarimga va butun jamoaga ishonaman. Har doim bizni eng kuchli jamoa deb hisoblaganman. Menimcha, «Arsenal» ham o‘zini favorit deb hisoblamoqda», — dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayni paytda Xosep Gvardiola shogirdlari 67 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mikel Arteta boshqaruvidagi «kanonirlar» hisobida esa 70 ochko mavjud, biroq London klubi «Siti»ga qaraganda bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 22 aprel kuni «Manchester Siti» safarda «Byornli» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (23 aprelga o‘tar kechasi) boshlanishi belgilangan.

Kiritildi: 11:43, 22.04.2026.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик