Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Arteta «Real» himoyachisini «Arsenal»ga taklif qilmoqda

Arteta «Real» himoyachisini «Arsenal»ga taklif qilmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. 23 yoshli futbolchining transferiga «kanonirlar» ustozi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

El Nacional nashrining xabar berishicha, Arteta ispaniyalik lateral London jamoasida «Real»dagiga qaraganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonmoqda. «Arsenal» rahbariyati bo‘lajak transfer oynasida mudofaaning chap qanotini kuchaytirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

Ma’lumot uchun, Alvaro Karreras o‘tgan yilning iyul oyida 50 million yevro evaziga «Benfika»dan Madrid klubi safiga kelib qo‘shilgan edi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Himoyachining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, biroq «Manchester Siti» ularni ta’qib qilishda davom etmoqda. «Real» esa La Ligada «Barselona»dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:20, 22.04.2026.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик