Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Andoni Iraola o‘z o‘rinbosari haqida fikr bildirdi

Andoni Iraola o‘z o‘rinbosari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola mavsum yakunida uning o‘rnini egallaydigan Marko Rozening tayinlanishiga munosabat bildirib, unga o‘z qo‘llovini izhor qildi.

«O‘ylaymanki, klub juda ishonchli qo‘llarda bo‘ladi. Bu — ajoyib murabbiy. Men uni bir necha yil oldin ham maqtagan edim. Uning jamoalari ko‘rsatadigan o‘yin menga doim yoqqan va umid qilamanki, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi», — dedi Iraola.

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Marko Rozening salohiyati va tajribasiga yuqori baho berdi:

«U katta Yevropa tajribasiga ega bo‘lgan yaxshi murabbiy va uning istiqboli porloq. To‘g‘ri, u bilan shaxsan tanish emasman, lekin uning jamoalari uslubini doim kuzatib borganman».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bornmut» mavsum yakunida klubni tark etadigan Iraolaning o‘rniga Marko Roze bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi. Nemis mutaxassisi faoliyati davomida «Zalsburg», «Borussiya M», «Borussiya D» va «RB Leypsig» kabi jamoalarni boshqargan. Hozirda «Bornmut» APL turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi va o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanma olish uchun kurashmoqda.

Kiritildi: 18:04, 22.04.2026.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик