Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Real» Barellani qo‘lga kiritishga harakat qiladi

«Real» Barellani qo‘lga kiritishga harakat qiladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Defensa Central nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik futbolchiga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Madridliklar rahbariyati Barellani transfer bozoridagi eng maqbul va manfaatli nomzod deb hisoblamoqda. «Qaymoqranglilar» xavbekning transferi bo‘yicha tez orada milanliklarga 50 million yevro miqdoridagi ilk rasmiy taklifni yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Nikolo Barella 2020 yilda «Kalyari»dan 32 million yevro evaziga «Inter» safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi «neradzurrilar» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:07, 22.04.2026.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик