Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Omadim kelgan ekan»: Gvardiola Rosenyorning iste’fosiga munosabat bildirdi

«Omadim kelgan ekan»: Gvardiola Rosenyorning iste’fosiga munosabat bildirdi

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Liam Rosenyorning «Chelsi»dan iste’foga chiqarilishiga munosabat bildirdi.

London klubi 22 aprel kuni 41 yoshli mutaxassisning iste’fosini e’lon qilgan edi. 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar Kalum Makfarleyn jamoa bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha ijro etuvchi etib tayinlandi.

«Buni eshitish men uchun afsuslanarli. Ishonchim komilki, u yuqori darajadagi murabbiy. Har safar shunday voqea sodir bo‘lganda, «Manchester Siti»da ishlayotganimdan naqadar omadim kelganini qayta-qayta o‘ylayman. 10 yil oldin kuchli rahbariyat, yaxshi bosh va sport direktorlariga ega tashkilotga kelib, to‘g‘ri tanlov qilgan ekanman. Men hamkorlik qilayotgan insonlarning ishonchi va barqarorlik hayratlanarli darajada», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Rosenyor 2026 yilning yanvarida «Chelsi» boshqaruvini qo‘lga olgan edi va uning shartnomasi 2032 yilning iyunigacha mo‘ljallangandi. Ingliz mutaxassisi qo‘l ostida jamoa 23 ta o‘yin o‘tkazib, 11 g‘alaba, 2 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etdi.

Kiritildi: 08:59, 23.04.2026.
O'qildi: 1861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик