Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nuri Shahin Gyulerni qanday qilib «Borussiya»ga chaqirganini so‘zlab berdi

Nuri Shahin Gyulerni qanday qilib «Borussiya»ga chaqirganini so‘zlab berdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq bosh murabbiyi Nuri Shahin Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyulerni o‘z jamoasiga jalb qilishga uringani haqida so‘zlab berdi.

Yosh turk futbolchisi «Fenerbaxche»dan «qirollik klubi»ga o‘tganidan keyingi ilk mavsumida maydonga kam tushgan bo‘lsa-da, ijaraga ketishni istamagan edi.

«Men Gyulerni o‘z jamoamda — «Borussiya»da ko‘rishni juda xohlagandim va uni ko‘ndirishga chindan ham harakat qildim. U esa: «Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men «Real» asosiy tarkibidan joy olaman», deb javob berdi. Uning bu qarori menga juda yoqdi. Ko‘rib turganimizdek, u haqiqatan ham asosiy tarkibga kira oldi», — deya Madrid Zone Shahinning so‘zlarini keltiradi.

Arda Gyuler 2023 yilning yozidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Fevral oyida u 21 yoshga to‘ldi.

Kiritildi: 12:54, 23.04.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик