Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Frenk Lempard «Chelsi»ga qaytishi mumkin

Frenk Lempard «Chelsi»ga qaytishi mumkin

Baho:
+3 | -

«Koventri» jamoasini 25 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premyer-ligasiga olib chiqqan Frenk Lempard faoliyatini yana sobiq klubida davom ettirishi mumkin.

Britaniya matbuotining xabar berishicha, yaqinda Liam Rosenyor bilan xayrlashgan «Chelsi» rahbariyati yangi murabbiy sifatida aynan Lempard nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassisning «aristokratlar» uchun naqadar muhim shaxs ekani inobatga olinsa, bu tayinlov amalga oshishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Lempard 2019-2021 yillar davomida ham London klubini boshqargan edi. Garchi o‘shandagi faoliyati yuqori natijalar bilan yakunlanmagan bo‘lsa-da, «Koventri»dagi muvaffaqiyat uning murabbiy sifatida sezilarli darajada tajriba orttirganini ko‘rsatmoqda.

O‘z navbatida, «Koventri» rahbariyati mutaxassisni jamoada saqlab qolishga harakat qilyapti. Klub prezidenti Dug King murabbiyning kelajagi borasida shunday dedi:

«Frenk bu yerda baxtli, unga shahar yoqadi. Albatta, qandaydir favqulodda kutilmagan taklif bo‘lishi mumkin, lekin bu haqda hozircha izoh bera olmayman. U — ajoyib murabbiy».

Kiritildi: 09:54, 24.04.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик