Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«MYU» va «Liverpul» Mikki van de Ven uchun harakat boshlaydi

«MYU» va «Liverpul» Mikki van de Ven uchun harakat boshlaydi

Baho:
+ | -1

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Mikki van de Ven top-klublar e’tiborida qolishda davom etmoqda. Agar «shporlar» Premyer-ligani tark etadigan bo‘lsa, niderlandiyalik futbolchini jamoada olib qolishlari amrimahol.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari da’vogarlik qilmoqda. Londonliklar tomonidan belgilangan boshlang‘ich narx — 90 million yevro.

Mikki van de Ven joriy mavsumda «Tottenxem» safida 40 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7 ta gol va bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda. Avvalroq, van de Venga «Barselona» va Madridning «Real» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 10:51, 24.04.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик