Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» Saudiyada ishlayotgan murabbiyni taklif qilishi mumkin

«Chelsi» Saudiyada ishlayotgan murabbiyni taklif qilishi mumkin

Baho:
+ | -1

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasida faoliyat yuritayotgan Mattias Yayssle nomzodiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar tarqatdi.

Manbaning qayd etishicha, «ko‘klar» rahbariyati 38 yoshli germaniyalik mutaxassisni tayinlash bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

Yayssle 2023 yilning yozidan buyon «Al-Ahli» klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Saudiya Pro-ligasining joriy mavsumida 28 turdan so‘ng 66 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. U Saudiya Arabistoniga yo‘l olgunga qadar Avstriyaning «RB Zalsburg» va «Lifering» klublarida murabbiylik qilgan.

Ma’lumot uchun, Mattias Yaysslening «Al-Ahli» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:19, 24.04.2026.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик