Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Manchester Siti» Enso Mareska bilan muzokara o‘tkazmoqda

«Manchester Siti» Enso Mareska bilan muzokara o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Siti» boshqaruvini qo‘lga olish borasida Xosep Gvardiolaning o‘rnini bosishga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

The Guardian nashrining yozishicha, Mareska va «Manchester Siti» rahbariyati o‘rtasida allaqachon muzokaralar boshlangan va ularni «ijobiy» deb tavsiflash mumkin. Shu bilan birga, «shaharliklar» rahbariyati Gvardiolaning klubdagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mareska ilgari «Siti»da Gvardiola bilan birga ishlagan, shu bois klub ichki muhitini juda yaxshi biladi. Joriy mavsumda italiyalik mutaxassis «Chelsi»ni boshqargan edi, biroq 1 yanvar kuni iste’foga chiqarildi. Mana uch oydan ortiq vaqtdirki, Mareska hech qaysi klubda ishlamayapti. Ta’kidlanishicha, «Siti» va Mareska o‘rtasidagi muzokaralardagi asosiy to‘siq — murabbiyning «Chelsi» oldidagi ehtimoliy shartnomaviy majburiyatlari bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 13:36, 24.04.2026.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик