Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kompani: «Bundesligada g‘olib chiqish oson emas»

Kompani: «Bundesligada g‘olib chiqish oson emas»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoatchilik o‘rtasida Myunxen klubi uchun Germaniya chempionatida zafar quchish juda oson kechadi, degan fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bundesligada g‘olib chiqish oson emas. Germaniya Kubogi doirasidagi «Shtutgart» – «Frayburg» o‘yinini tomosha qilgan har qanday inson liga darajasini ko‘rishi mumkin edi. APL klublari Bundesligadan ko‘plab sifatli futbolchilarni sotib olishmoqda.

Eng iqtidorli futbolchilarning keyingi avlodi aynan Germaniyada — bular Yoan Manzambi, Yuito Sudzuki, Bilyal El-Xannus. Ular haqiqiy futbol o‘ynashadi. Har ikki jamoa ham bor kuchini sarfladi. Bu yerda muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Chempionatda g‘alaba qozonish aslida bo‘lganidan ko‘ra osonroq tuyuladi, ammo bu katta kuch va energiya talab qiladi. Shuning uchun biz o‘zimizdan faxrlanamiz va shu ruhda davom etishni xohlaymiz», — dedi Vensan Kompani.

Kiritildi: 14:59, 24.04.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик