Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tennisda navbatdagi legioner — ukrainalik 17 yoshli tennischi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Tennisda navbatdagi legioner — ukrainalik 17 yoshli tennischi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Baho:
+ | -

Ukrainalik iqtidorli tennischi endilikda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Tennis federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“U o‘z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o‘smirlar o‘rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda tennischi ITF o‘smirlar jahon reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi”, deyiladi xabarda. Hozirgi kunda Nikita Belozersev Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) turnirlarida ishtirok etmoqda, shuningdek, ATP seriyasidagi musobaqalarda ham O‘zbekiston nomidan qatnashmoqda.

17 yoshli Nikita Belozersev o‘z sport fuqaroligini rasman o‘zgartirdi. Sportchining ushbu qaroriga o‘tgan yili yuz bergan mojarolar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Belozersev ukrain tilida intervyu berishni rad etgani uchun o‘z vatandoshlari tomonidan keskin tanqid qilingan edi.

Xususan, 2025 yilgi “Uimbldon” turniri vaqtida uning murabbiyi Stefan Pantov matbuot bilan ishlash bo‘yicha qat’iy tartib joriy qilgan – intervyular faqat ingliz yoki rus tillarida berilishi shart qilib qo‘yilgan. Natijada ukrainalik jurnalistlar Belozersev bilan muloqot qilishdan butunlay bosh tortgan.

Shundan so‘ng, sportchi faoliyatini davom ettirish borasida bir nechta variantni ko‘rib chiqqan. Jumladan, u Bolgariya tennis federasiyasi bilan jiddiy muzokaralar olib borgan, biroq moliyaviy shartlar yuzasidan kelishuvga erishilmagan. Tennischining vakillari Qozog‘iston bilan ham ushbu masalani muhokama qilgan, ammo yakunda tanlov O‘zbekiston foydasiga amalga oshirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Kamilla Rahimova mamlakat sport fuqaroligini qabul qilish jarayoni qanday kechgani haqida aytib o‘tgan edi. Sportchi e’tibor va qo‘llab-quvvatlash ortgani, mamlakatning birinchi raketkasi maqomi ko‘proq diqqatni tortayotganini ta’kidlab, bu rad etib bo‘lmaydigan foydali taklif bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

“O‘zbekiston men uchun begona davlat emas. Onam u yerdan, u taxminan 25 yilcha O‘zbekistonda yashagan, buvim va bobom ham O‘zbekistonda. Bolaligimda u yerga tez-tez borardim, ko‘p vaqtimni o‘sha yerda o‘tkazganman. Shu sababli ham rozi bo‘ldim”, degan edi Rahimova.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Belozersev ATP reytingida 776-o‘rinni egallab turibdi. Uning hisobida 36 ochko mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:42, 24.04.2026.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик