Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Superliga. «Neftchi» Urganchda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. «Neftchi» Urganchda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Xorazm" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin, kutilganidek, shiddatli va keskin kurashlar ostida kechdi.

Bellashuvni ikkala jamoa ham faol boshladi. Lekin tajribali farg‘onalik futbolchilar o‘yin nazoratini asta-sekin o‘z tomoniga og‘dirib oldi va tez-tez raqiblar darvozasiga xavf solib turdi. Bu urinishlar 14-daqiqada samarali bo‘lib chiqdi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Asilbek Jumayev kuchli zarba yo‘lladi, to‘pni darvozabon qaytardi, lekin qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan xorvatiyalik hujumchimiz Stipe Perisa aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi — 0:1.

Hisobda oldinga chiqib olgan Islom Ismoilov shogirdlari bosim uyushtirishda davom etishdi va navbatdagi golli vaziyat esa 43-daqiqada yuzaga keldi. Alisher Odilov jarima maydonchasi ichida to‘pga yugurib chiqqan darvozabonni aldab o‘tib zarba yo‘lladi. Ammo to‘p raqib himoyachilariga tegib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim ham "Neftchi"ning hujumkorligi bilan boshlandi. Murabbiylar ikkinchi bo‘limda yangi kuchlarni maydonga tushirishdi. O‘yinga qo‘shilgan Abrorbek Ismoilov va Zoran Marushich jamoa shiddatini va o‘yin maftunkorligini yanada oshirdi va aynan Abrorbek Ismoilov uzoq masofadan oshirilgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelib, to‘pni to‘xtatmasdan kuchli zarba berdi va raqiblar darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi — 0:2.

Kiritilgan gol "Neftchi" futbolchilarini yanada ruhlantirdi va ular uchrashuv davomida juda ko‘plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo ushbu vaziyatlarda farg‘onaliklarga biroz omad yetishmadi. 87-daqiqada esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Izzatillo Po‘latov raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynaganligi uchun unga bosh hakam qizil kartochka ko‘rsatdi va maydondan chetlatdi. Kamchilikda qolgan mehmonlar baribir hujumkorlikni susaytirmadi va raqib darvozasiga tez-tez xavf solib turishdi.

Ikkinchi bo‘limga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar ham o‘yin hisobiga o‘zgarish kiritmadi va yakunda "Neftchi" Urganchda muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Superliga. 9-tur
“Xorazm” - “Neftchi” - 0:2
Gollar: Stipe Perisa, 14’ (0:1), Abrorbek Ismoilov, 59’ (0:2)
Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘rayev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Sevdiyor Xamrsqulov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shoxnurch Yo‘ldoshev
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
Komissar: Oybek Davletmurodov
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (2. Izzatillo Po‘latov, 72), 10. Jamshid Iskanderov (8. Vladimir Yovovich, 80), 11. Asilbek Jumayev (7. Abror Ismoilov, 60), 15. Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18. Stipe Perisa (32. Zoran Marushich, 60), 21. Muhsin Ubaydullayev, 22. Alisher Odilov (9. Xurshid G‘iyosov, 72), 23. Yovan Yokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Ratino.
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 5. Ikrom Aliboyev, 20. Anvar G‘ofurov, 30. Rustambek Fomin.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Chetlatish: Izzatillo Po‘latov (87).

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 22:04, 24.04.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик