Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Xaynkes davridagi buyuk rekordni takrorlashi mumkin

«Bavariya» Xaynkes davridagi buyuk rekordni takrorlashi mumkin

Baho:
+ | -

«Bavariya» Bundesligada chempionlikni allaqachon naqd qilib qo‘ygan, biroq yana bir noyob yutuqni qayd etishi mumkin.

Hozirda Vensan Kompani jamoasi hisobida 79 ochko bor va oldinda yana to‘rtta tur kutmoqda. Bayern & Germany nashrining qayd etishicha, agar myunxenliklar qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonsa, ochko jamg‘arish bo‘yicha Bundesliga rekordini (91 ochko) takrorlaydilar. Amaldagi rekord ham aynan «Bavariya»ga tegishli bo‘lib, u 2012/13 yilgi mavsumda Yupp Xaynkes boshchiligida o‘rnatilgan edi. Eslatib o‘tamiz, o‘shanda jamoa barcha sovrinlarni, jumladan, Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritgan edi — joriy mavsumda ham bunday natijani takrorlash imkoniyati mavjud.

Bugun Myunxen grandi safarda «Mayns» bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 12:14, 25.04.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик