Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real»ni mag‘lub etgan «Malyorka» ustozi La Ligada tengsiz deb topildi

«Real»ni mag‘lub etgan «Malyorka» ustozi La Ligada tengsiz deb topildi

Baho:
+ | -

«Malyorka» bosh murabbiyi Martin Demikelis Ispaniya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ortda qolgan oy davomida «Malyorka» biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Demikelis shogirdlari 3 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etishdi. Jumladan, jamoa Madridning «Real» klubini (2:1) va «Rayo Valyekano»ni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Valensiya» bilan bahsda (1:1) murosa yo‘lini tanladi.

So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Demikelis «Real Ovyedo» ustozi Almada hamda «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, ovoz berish jarayonida 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan «Alaves»ga qarshi bahs inobatga olinmagan.

Ma’lumot uchun, Martin Demikelis «Malyorka»ni mart oyi boshida qabul qilib olgan va mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan edi. Ushbu muvaffaqiyatli seriyadan so‘ng jamoa 35 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Argentinalik mutaxassis ilgari «Monterrey», «River Pleyt» hamda Myunxenning «Bavariya» klubi yoshlar va o‘rinbosarlar jamoalarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 19:07, 25.04.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик