Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» himoyachisiga talab katta

«Yuventus» himoyachisiga talab katta

Baho:
+ | -

«Yuventus» markaziy himoyachisi Federiko Gatti transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 27 yoshli futbolchiga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi da’vogarlik qilmoqda va bo‘lajak kelishuv shartlari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Shuningdek, italiyalik himoyachiga «Napoli» hamda Angliya Premyer-ligasining bir qator noma’lum klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Federiko Gattining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi turinliklar safida 25 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining narxini 16 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:53, 26.04.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик