Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi Rafinyaning Flik bilan o‘yinini baholadi

Xavi Rafinyaning Flik bilan o‘yinini baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes vinger Rafinya Diasning muvaffaqiyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Braziliyalik futbolchi jamoaga aynan ispaniyalik mutaxassis davrida kelgan edi, biroq o‘zining eng yaxshi o‘yinini Xans-Diter Flik qo‘l ostida ko‘rsata boshladi.

«Rafinyaning «Barselona»da ochilganidan xursandman. Biz unga juda ko‘p turtki bergan edik. U yaxshi yigit, mas’uliyatli, haqiqiy yetakchi va g‘olib. Ilgari braziliyalik futbolchilarda intizom bilan bog‘liq muammolar bo‘lardi, ular bo‘shashib, faqat o‘z iste’dodlariga tayanib qolishlari mumkin edi. Rafinyada esa bu borada hammasi joyida, u doimo mukammallikka intiladi», — deya «ko‘k-anorranglilar» sobiq ustozining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2024 yilning may oyida «Barselona»dan iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 08:22, 26.04.2026.
O'qildi: 847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик