Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiyalik murabbiy «Chelsi»ni boshqarishni rad etdi

Italiyalik murabbiy «Chelsi»ni boshqarishni rad etdi

Baho:
+ | -

«Portu» bosh murabbiyi Franchesko Farioli «Chelsi»ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Liam Rossenyor iste’foga chiqarilganidan so‘ng, italiyalik mutaxassis «ko‘klar» boshqaruvi uchun nomzodlar qatorida tilga olinayotgan edi.

Londondan bo‘layotgan qiziqish haqidagi savolga javob berar ekan, 37 yoshli mutaxassis hozirgi lavozimini tark etmasligini ta’kidladi.

«Men «Portu» murabbiyiman va bu yerda ishimni davom ettirayotganimdan xursandman», — dedi insayder Fabrisio Romano iqtibos keltirgan Farioli.

«Ajdarlar» Portugaliya ligasi chempionligini deyarli naqd qilib qo‘yishgan — chempionat yakuniga uch tur qolganda ikkinchi o‘rindagi «Benfika» bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etmoqda. Fariolining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:57, 27.04.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик