Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford «Tottenxem» nishonida

Reshford «Tottenxem» nishonida

Baho:
+ | -

Hozirda ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qilayotgan «Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford «Tottenxem» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

28 yoshli ingliz futbolchisining kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Futbolchining o‘zi faoliyatini Kataloniyada davom ettirishni istasa-da, «ko‘k-anorranglilar» futbolchini sotib olish borasida «qizil iblislar» bilan kelishuvga erisha olmayapti.

Yuzaga kelgan vaziyatdan Londonning «Tottenxem» klubi unumli foydalanib qolmoqchi. Qayd etilishicha, «shporlar» agar Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, yozda tarkibni jiddiy kuchaytirishni rejalashtirgan va Reshford ularning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Biroq London klubi uchun futbolchini o‘z loyihasiga ishontirish ancha qiyin kechishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Markus Reshfordning bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 11:15, 27.04.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик