Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Albert Bundesligada maydonga tushgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Albert Bundesligada maydonga tushgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Matis Albert Bundesligada maydonga tushgan eng yosh amerikalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. AP nashrining xabar berishicha, u 26 aprel kuni 16 yosh, 11 oy va 5 kunligida jamoaning asosiy tarkibida debyut qildi.

Janubiy Karolina shtatining Grinvill shahridan bo‘lgan Albert Germaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan «Borussiya» — «Frayburg» (4:0) uchrashuvining 88-daqiqasida maydonga tushdi.

Shu tariqa, yosh hujumchi Jo Reyna tomonidan 2020 yil 18 yanvarda o‘rnatilgan rekordni (17 yosh, 2 oy, 5 kun) yangiladi. Ma’lumot uchun, Reynagacha bo‘lgan rekord ham «Borussiya»ning boshqa bir amerikalik a’zosi Kristian Pulishichga tegishli edi (17 yosh, 4 oy, 12 kun).

Matis Albert 2024 yilda «Los-Anjeles Gelaksi» yoshlar dasturidan Dortmund klubi akademiyasiga kelib qo‘shilgan. Shuningdek, u o‘tgan yili AQSH o‘smirlar terma jamoasi safida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Kiritildi: 12:19, 27.04.2026.
O'qildi: 466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик