Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Arsenal» sobiq futbolchisi bor-budidan ayrildi

«Arsenal» sobiq futbolchisi bor-budidan ayrildi

Baho:
+ | -1

«Arsenal» klubining sobiq himoyachisi Emmanuel Ebue ajrashish jarayonidan so‘ng bor mol-mulkidan ayrilgani va hayotining eng og‘ir davrlarini boshdan kechirayotganini ma’lum qildi.

Futbolchi «The 5th House» podkastida bergan intervyusida Angliyadagi uylari, mashinalari va pullarini yo‘qotganini ochiqladi.

«Angliyada ko‘plab uylarim va mashinalarim bor edi. Ajrashishdan keyin hamma narsani, hatto pullarimni ham yo‘qotdim. Vaziyat shu darajaga yetdiki, ba’zida yeyishga ovqat ham topa olmay qoldim», — deydi sobiq futbolchi.

Shuningdek, Ebue oilaviy munosabatlaridagi uzilish, ayniqsa, farzandi bilan bog‘liq vaziyat uni qattiq iztirobga solayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li «Chelsi» akademiyasiga qabul qilinganini ham begonalardan eshitgan. Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi aloqa uzilganiga besh yil bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Ebuening faoliyatidagi pasayish 2016 yilda boshlangan edi. O‘shanda FIFA agentlar oldidagi 850 ming funt sterling miqdoridagi qarzdorligi tufayli uni futboldan bir yilga chetlatgandi. Shu voqeadan so‘ng u professional faoliyatini yakunlagan edi.

Ma’lumot uchun, Kot-d’Ivuarlik himoyachi faoliyatining eng gullagan davrini (2004–2011 yillar) Londonning «Arsenal» klubida o‘tkazgan va jamoa safida 200 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 13:02, 27.04.2026.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик