Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Allegri Pulishichning golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi

Allegri Pulishichning golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Seriya Asining 34-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi bahsdan (0:0) so‘ng hujumchi Kristian Pulishichning o‘yini haqida to‘xtaldi. Pulishich ketma-ket 16 ta o‘yindan beri gol ura olmayapti.

«Kristian — juda ta’sirchan inson, bu golsizlik unga ruhan qattiq zarba bermoqda. Shuningdek, u jismoniy kurashlarda va markaziy hujumchi yo‘qligida qiyinchilikka duch kelmoqda, lekin men jamoani muvozanatga keltirishim kerak, chunki oldimizda erishishimiz lozim bo‘lgan maqsad bor.

Tushunaman, u bu rol (markaziy hujumchi) uchun unchalik mos emas. Men undan o‘ng qanotda, Leaudan esa chapda o‘ynashini so‘radim, shu sababli bizda sof markaziy hujumchi bo‘lmadi. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, mavsum yakuniga qadar Pulishich o‘z hissasini qo‘shadi», — deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 19:22, 27.04.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик