Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Arsenal» o‘z himoyachisini 50 million yevroga baholadi. Unga «Atletiko» va «Napoli» da’vogarlik qilmoqda

«Arsenal» o‘z himoyachisini 50 million yevroga baholadi. Unga «Atletiko» va «Napoli» da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Kristian Moskera yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubi bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqlagan. Biroq Moskeraga faqat «matraschilar» emas, balki «Benfika», «Napoli» va «Everton» kabi klublar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Arsenal» rahbariyati o‘z futbolchisini kamida 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Kristian Moskera joriy mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:25, 28.04.2026.
O'qildi: 469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик