Angliya terma jamoasi va «Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard yana tumanli Albionda ish boshlashi mumkin. Bu haqda Independent nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassis xizmatlariga Chempionship vakili «Bristol Siti» qiziqish bildirmoqda. Ayni damda jamoa turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi va unga tajribali Roy Xodjson ustozlik qilmoqda. Avvalroq Jerrardga APLdan muddatidan oldin tushib ketgan «Byornli» klubidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Stiven Jerrardning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi bo‘lgan edi. Ungacha esa ingliz mutaxassisi Shotlandiyaning «Reyndjers» va Angliyaning «Aston Villa» jamoalarini boshqargan.













