Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Mourinyo "Real"ni boshqarishga asosiy nomzod

Mourinyo "Real"ni boshqarishga asosiy nomzod

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres yana bir bor «Special One» — Joze Mourinyo xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. The Athletic nashrining xabar berishicha, Peres portugaliyalik mutaxassisni Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, jamoaning avvalgi murabbiyi Xabi Alonsoni tayinlashda bosh direktor Xose Anxel Sanches muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, bu safar yangi murabbiy tanlovi shaxsan prezidentning nazorati ostida bo‘ladi. Florentino Mourinyoning qaytishini qattiq istayotgan bo‘lsa-da, klub ichida bu g‘oyaga qarshi chiqayotganlar ham yo‘q emas.

Hozirda Mourinyo Lissabonning «Benfika» klubini boshqarmoqda. Uning shartnomasida 3 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu band mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyin 10 kun davomida amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, Joze 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqarib, La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan edi.

Kiritildi: 17:05, 28.04.2026.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик