Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Simeone tug‘ilgan kunida Chempionlar Ligasi haqida gapirishni istamadi

Simeone tug‘ilgan kunida Chempionlar Ligasi haqida gapirishni istamadi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni Diyego Simeone 56 yoshni qarshi oldi. Matbuot anjumanida argentinalik mutaxassis o‘ziga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni tilagan-tilamagani haqidagi savolga javob berdi.

«Ha, bugun mening tug‘ilgan kunim! Chempionlar Ligasi bilan bog‘liq tilaklarim bormi? Yo‘q, aslo. Men hayotdan minnatdorman. O‘g‘il-qizlarim, ajoyib rafiqam va butun umr yonimda bo‘lgan do‘stlarim bor. Hayot menga taqdim etayotgan barcha ne’matlardan bahramand bo‘lyapman», — dedi Simeone jurnalistlarga.

Chorshanba kuni «Atletiko» Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Ma’lumot uchun, Diyego Simeone murabbiy sifatida «Atletiko» bilan ikki bor (2014 va 2016 yillarda) YECHL finalida mag‘lubiyatga uchragan.

Kiritildi: 22:11, 28.04.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик