Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«PSJ» yulduzi YECHLning eng muhim pallasida porlamoqda

«PSJ» yulduzi YECHLning eng muhim pallasida porlamoqda

Baho:
+ | -

Usmon Dembele Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda (5:4) uchta golli harakatni amalga oshirdi.

«PSJ» vingeri 33-daqiqada Joau Neveshga golli uzatmani yetkazib berdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Dembele penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, 58-daqiqada o‘yindan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etish joizki, Dembele ketma-ket ikkinchi Chempionlar Ligasi o‘yinida dubl qayd etdi — bundan avval Usman 1/4 final javob uchrashuvida «Liverpul» darvozasiga ikkita to‘p kiritgan edi. Turnirning joriy mavsumida fransuz hisobida 6 ta gol va 2 ta assist mavjud.

Umumiy hisobda Dembele ushbu mavsumda «PSJ» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 02:24, 29.04.2026.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик