Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Keyn YECHLda rekord seriya qayd etdi

Keyn YECHLda rekord seriya qayd etdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan ilk o‘yinda gol urib, ingliz futbolchilari o‘rtasida yangi rekord o‘rnatdi. Seshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuv myunxenliklarning 4:5 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Keyn o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi — u 17-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa, hujumchi ketma-ket oltita Chempionlar Ligasi bahsida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Squawka nashrining xabar berishicha, bu turnir tarixidagi barcha ingliz futbolchilari ichida rekord seriya hisoblanadi.

32 yoshli futbolchi «Liverpul»ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard tomonidan 2008 yilda o‘rnatilgan natijani yangiladi. Xarri Keyn eng nufuzli yevrokubokning joriy mavsumidagi to‘purarlar ro‘yxatida 13 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va faqat Kilian Mbappedan (15 ta gol) ortda qolmoqda.

Kiritildi: 09:37, 29.04.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик