Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Bugun «kanonirlar» Ispaniya poytaxtida Chempionlar ligasi yarim final bosqichining ilk uchrashuvida «matraschilar» bilan kuch sinashadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar londonliklar ustozidan Alvaresga bo‘lgan qiziqish haqida gapirishni so‘rashdi. Ispaniyalik mutaxassis to‘g‘ri javob berishdan qochdi.
«Bilasizmi, men boshqa klub futbolchilarini muhokama qilmayman va bunga majbur ham emasman», – deb bayonot berdi Arteta.
Argentinalik forvard uchun asosiy da’vogar «Barselona» hisoblanadi.













