Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Kimmix YECHL yarim finalidagi bahsli penaltidan norozi

Kimmix YECHL yarim finalidagi bahsli penaltidan norozi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan ilk o‘yinda (4:5) myunxenliklar darvozasiga belgilangan penalti haqida o‘z fikrini bildirdi.

Birinchi bo‘lim yakunida bosh hakam Sandro Sherer videotakrorni ko‘rgach, «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devisning qo‘l bilan o‘ynagani sababli nuqtaga ishora qilgan edi.

«Men qo‘l bilan o‘yin uchun berilgan penalti takrorini ko‘rmadim, lekin bu ko‘proq tasodifan sodir bo‘ldi. Bu shunchaki futbol ruhiyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Sakkiz yoki to‘qqiz yil oldin Madridda o‘ynaganimizda, men ham xuddi shunday penalti berilishini xohlagan bo‘lardim.

Bu haqiqatan ham odamning g‘azabini keltiradi, chunki o‘sha vaziyatda uzatmani golga aylantirishi mumkin bo‘lgan birorta ham raqib o‘yinchisi yo‘q edi. Menimcha, jarima maydonchasi ichidagi har qanday qo‘l bilan o‘yin penaltiga olib kelmasligi uchun qoidaga o‘zgartirish kiritish kerak. To‘p uning tizzasidan qo‘liga tegdi, buning uchun berilgan jazo esa Chempionlar ligasi yarim finalida hal qiluvchi ahamiyatga ega», — dedi Kimmix.

Kiritildi: 13:53, 29.04.2026.
O'qildi: 344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик