Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Diyego Simeone va «Arsenal» himoyachisi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (Video)

Diyego Simeone va «Arsenal» himoyachisi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (Video)

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone va «Arsenal» himoyachisi Ben Uayt o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

Chorshanba oqshomida Madridda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi yarimfinal dastlabki uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Biroq bahsdan so‘ng stadionning tribuna osti yo‘lagiga kirish qismida ushbu voqea yuz berdi. Kameralar ob’ektiviga tushib qolgan epizodda Ben Uayt maydonni tark etayotib, chiqish eshigi yonidagi «Atletiko» logotipini bosib o‘tganini ko‘rish mumkin.

Angliyalik futbolchining bu harakati «matraschilar» a’zolari va murabbiy Diyego Simeonening keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Argentinalik mutaxassisning tanbehi Uaytga yoqmadi va u murabbiyga javob qaytardi. Natijada ikki o‘rtada dahanaki jang va o‘zaro itartish yuzaga keldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Unda finalchi nomiga oydinlik kiritiladi.

Kiritildi: 10:13, 30.04.2026.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик