Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"PSJ" va "Bavariya" o‘yinidagi 9 ta gol italiyalik jahon chempionining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi

"PSJ" va "Bavariya" o‘yinidagi 9 ta gol italiyalik jahon chempionining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiya futboli afsonasi, 1982 yilgi jahon chempioni Antonio Kabrini zamonaviy futboldagi himoyalanish darajasini keskin tanqid ostiga oldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Yuventus» sobiq a’zosini Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi bahs (5:4) natijasi shunday xulosaga kelishga majbur qilgan.

«Agar o‘yin 5:4 hisobida yakunlansa, demak, har ikki jamoa juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan. Mening davrimda 90 daqiqa ichida to‘qqizta gol ko‘rish imkoni deyarli yo‘q edi. Himoyachilarni himoyalanishga qayta o‘qitish vaqti keldi! Biz ikkita jahon chemionatida aynan mudofaadagi fidokorona o‘yinimiz evaziga zafar quchganmiz», — deya ta’kidladi olti karra Italiya chempioni.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun esa «Atletiko» va «Arsenal» jamoalari kurash olib bormoqda (birinchi o‘yin — 1:1).

Kiritildi: 10:17, 30.04.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик