Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Enso Fernandes «Real»ga o‘tadimi? Futbolchining agenti Madrid haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Enso Fernandes «Real»ga o‘tadimi? Futbolchining agenti Madrid haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning Madridning «Real» klubiga o‘tishi borasidagi xabarlar yana kun tartibiga chiqdi.

Argentinalik futbolchi anchadan beri «qirollik klubi»ning transfer nishoni bo‘lib kelayotgan edi. Uning Madridda yashash istagi haqidagi shaxsiy fikrlari esa bu mish-mishlarni yanada avj oldirdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu gaplari uchun «Chelsi» rahbariyati xavbekni ikkita o‘yinga chetlatgan edi.

Futbolchining agenti Xavyer Pastore vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

«Real»ning Ensoga qiziqishi? Bu haqda ko‘p gapirishmoqda, ammo amalda hech qanday jiddiy voqea sodir bo‘layotgani yo‘q. U ayni damda bor e’tiborini «Chelsi»dagi mavsumni imkon qadar yuqori notada yakunlashga qaratgan.

To‘g‘ri, Enso o‘sha paytda unchalik mos kelmaydigan fikrlarni bildirgan bo‘lishi mumkin, lekin u hech qanday dahshatli gap aytmagan. U shunchaki o‘ziga Madrid shahri yoqishi haqida gapirgan, xolos», — deya Pastorening so‘zlarini keltirmoqda Diario AS.

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar imzolangan.

Kiritildi: 11:34, 30.04.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик