«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali kelayotgan transfer oynasida Italiya A Seriyasiga qaytishni rejalashtirmayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli futbolchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni istamoqda. Hozirda italiyalik xavbek APLning bir qator yetakchi klublari qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi va u faoliyatini yuqoriroq darajadagi jamoada davom ettirishga moyil. Romanoning qo‘shimcha qilishicha, tez orada futbolchining kelajagi borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Tonali joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali mutaxassislari yarimhimoyachining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.













