Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kroosning shaxsan o‘zi Yurgen Kloppni «Real»ga olib kelmoqchi

Kroosning shaxsan o‘zi Yurgen Kloppni «Real»ga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos jamoaning yangi bosh murabbiyini tanlash jarayonida muhim rol o‘ynashi mumkin. «Qaymoqranglilar» rahbariyati ayni damda Alvaro Arbeloaning o‘rnini bosish uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko‘rmoqda.

Asosiy muammo shundaki, «Liverpul»ning sobiq ustozi 2024 yilda murabbiylik faoliyatini to‘xtatgan va hozirda «Red Bull» tizimida faoliyat yuritmoqda. Jurnalistlar Xoakin Maroto va Ramon Alvaresning xabar berishicha, Toni Kroos Kloppni «Real» taklifini qabul qilishga ko‘ndirishga urinmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, agar Klopp murabbiylikka qaytishga rozi bo‘lsa, bu faqat «Real» uchun sodir bo‘lishi mumkin. Toni Kroos murabbiyning qarori ijobiy ekanini bilgan zahoti, Madrid klubi rasmiy muzokaralarni boshlaydi.

Toni Kroosning o‘ziga kelsak, uning taqdiri allaqachon hal bo‘lgan: YECHLning olti karra g‘olibi mavsum yakunlanishi bilan «Real» strukturasida rahbarlik lavozimlaridan birini egallaydi. Bu haqda La Liga bahslari yakuniga yetgach, rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:45, 30.04.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик