Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Lempardning «Chelsi»ga ehtimoliy qaytishi haqida yangi tafsilotlar

Lempardning «Chelsi»ga ehtimoliy qaytishi haqida yangi tafsilotlar

Baho:
+4 | -

Hozirda «Koventri» jamoasini boshqarayotgan Frenk Lempard va uning sobiq klubi «Chelsi» o‘rtasidagi yaqin aloqalar hali ham saqlanib qolmoqda. Bu haqda Sky Sports bosh muxbiri Kavex Solxekol ma’lum qildi.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, Lempardning nafaqat ko‘ngli, balki kundalik hayoti ham hamon London klubi bilan bog‘liq.

«Frenk Lempard hali ham «Stemford Bridj» stadioniga juda yaqin hududda yashaydi. Uning oilaviy hovlisi aynan o‘sha yerda joylashgan. Frenk bo‘sh vaqt topildi deguncha, «Chelsi» o‘yinlariga tashrif buyuradi. Men uni bir necha bor stadiondagi klub egalari uchun mo‘ljallangan lojada ko‘rdim. Shu sababli, menimcha, kelajakda u yana «Chelsi»ga qaytishi mumkin, ammo hozir emas», — deydi Solxekol.

Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard murabbiy sifatida «Chelsi»ni 2019–2021 yillarda hamda 2023 yilda boshqargan. Futbolchilik faoliyati davomida esa u 2001 yildan 2014 yilgacha londonliklar sharafini himoya qilib, jami 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biriga aylangan.

Kiritildi: 13:10, 30.04.2026.
O'qildi: 354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик