Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mourinyo Madridga qaytish uchun «jon kuydirmoqda», biroq «Real»ning o‘z rejalari bor

Mourinyo Madridga qaytish uchun «jon kuydirmoqda», biroq «Real»ning o‘z rejalari bor

Baho:
+ | -

Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yana Madridning «Real» klubini boshqarish istagida. Jurnalistlar Xoakin Maroto va Ramon Alvaresning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis «qirollik klubi»ga qaytish uchun allaqachon o‘z xizmatlarini taklif qilgan.

Biroq, bu qaytish yo‘lida jiddiy moliyaviy va strategik to‘siqlar mavjud. Asosiy muammo — Mourinyoning «Benfika» bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasidagi tovon puli. «The Special One»ni Madridga olib kelish uchun «Real» Lissabon klubiga 6 million yevro to‘lashi kerak.

Madridliklar rahbariyati esa Joze uchun o‘tgan yili Xabi Alonso uchun to‘langan mablag‘dan (taxminan 8–15 mln yevro atrofida) ko‘p pul sarflamoqchi emasliklarini ochiq bildirishgan. Qayd etish joizki, «Real» hozirda Alvaro Arbeloa boshchiligida bo‘lsa-da, klub kelasi mavsum uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko‘rmoqda.

Kiritildi: 13:14, 30.04.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик