24–29 aprel kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Fuby Akademi GM Chess Tournament – Series 1 turnirida hamyurtimiz Saidakbar Saydaliyev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Turnir davomida yurtdoshimiz barqaror o‘yin namoyish etib, 9 turdan 6,5 ochko jamg‘ardi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra esa uning reytingi +12,5 punktga oshdi (2453 edi, 2465,5 ballga yetdi).

Saidakbar Saydaliyev FIDE reyting ballini 2500 ga yetkazsa, grossmeyster unvonini qo‘lga kiritadi.













