"Chelsi" jamoasi o‘z yarim himoyachisi Enso Fernandesni tarkibda saqlab qolmoqchi. Futbolchining agenti Xavyer Pastore 25 yoshli yulduzning "Real"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Ispaniya giganti tomonidan katta qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Pastore Jahon chempioni bor e’tiborini mavsumni "Stemford Brij"da muvaffaqiyatli yakunlashga qaratganini ta’kidladi.
Fernandesning Madrid shahrini yoqtirishi haqidagi gaplaridan so‘ng mish-mishlar avj olgan va bu holat sobiq murabbiy Liam Rosenyor davrida futbolchining ikki o‘yinga chetlatilishiga ham sabab bo‘lgan edi.
"Tarmoqlarda gap-so‘zlar ko‘p... lekin haqiqat shundaki, hech qanday jiddiy o‘zgarish yo‘q," — dedi Pastore AS nashriga bergan intervyusida. U Ensoning Ispaniyaga tashriflari shunchaki do‘stlar bilan uchrashish maqsadida ekanini tushuntirdi.
"Maqsadimiz — yilni "Chelsi"da yaxshi yakunlash, Jahon chempionatida munosib ishtirok etish, keyin esa vaziyatga qaraymiz," — deya qo‘shimcha qildi agent.
Taktik jihatdan Fernandes o‘zining universal ekanini isbotladi: u Enso Mareska qo‘l ostida hujumkor rolda o‘ynagan bo‘lsa, Rosenyor davrida ko‘proq himoyaviy pozisiyaga o‘tdi. "Chelsi" rahbariyati 2032 yilgacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchining yuqori bozor qiymatini hisobga olgan holda, unga yaxshilangan yangi bitim taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda.
Fernandes joriy mavsumda "ko‘klar" libosida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













