"Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘tgan yozda "PSJ"ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘nggina "Inter"ni tark etishga qaror qilganini ochiqladi.
"Yo‘q, aslo. Men buni avvalroq qila olmasdim, chunki o‘zim va oilam uchun juda og‘riqli bo‘lgan bu qaror hali qabul qilinmagan edi. Haqiqat shundaki, hammasi juda tez sodir bo‘ldi: Monakodagi o‘yindan ikki kun o‘tib, Marottaning uyida Ausilio va Bachchin ishtirokida uchrashdik. O‘shanda men o‘zgarish vaqti kelganini, chunki bir davr yakunlanganini his qilayotganimni aytdim. Ular men bilan ishlashda davom etmoqchi edi, lekin tanlovimni tushunishdi: biz do‘st bo‘lib xayrlashdik va hamon shundaymiz. Ammo agar Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganimizda, men "Inter"da qolgan bo‘lardim", — dedi Indzagi.
Saudiyani ambisiya emas, pul uchun tanlagani haqidagi fikrlarga munosabati:
"Yoki siz yangi voqelikni his qilish, boshqa muhitda o‘zingizni sinab ko‘rish uchun ketasiz. Baxtimga, moliyaviy muammolarim bo‘lmagan; menga yetishmayotgan narsa pul emas edi. Milanda hamma narsa, hatto "San-Siro" ham ko‘rinib turadigan ajoyib uyim bor edi. Taklif meni ishontirdi va mana, men shu yerdaman va bundan baxtiyorman".
Italiyani sog‘inganmi?
"Rostini aytsam, yo‘q. Ar-Riyodga kelganimdan beri uyimda (Italiyada) atigi to‘rt kun bo‘ldim. Oilam yonimda; ota-onam va do‘stlarim tez-tez mehmonga kelib turishadi. Qiynalmayapman. Men barcha sharoitlarga ega yopiq majmuada yashayman, farzandlarim uchun Amerika maktabi ham bor. Tashkilotchilik ham, klubdagi muhit ham mukammal. Bundan tashqari, ingliz tilini ham o‘rganyapman".













